
"Barselona" va "Vilyarreal" La Liga uchrashuvini AQShda o‘tkazishi mumkin
La Liga prezidenti Xaver Tebas uzoq yillardan beri Ispaniya chempionati uchrashuvini AQShda tashkil etish g‘oyasini ilgari surib keladi. "Sport" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, bu amalga oshirish arafasida.
Gap 17-tur doirasidagi "Vilyarreal" – "Barselona" o‘yini haqida ketmoqda. Bellashuvning asosiy sanasi 21 dekabr etib belgilangan. Chempionlar ligasi o‘yinlari bo‘lmaydigan davrga to‘g‘ri kelishi va "Vilyarreal" ham ushbu musobaqaga yo‘l olgani bois, uchrashuvning nufuzi yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
La Liga tarixida ilk xorijdagi o‘yin bo‘lishi mumkin bo‘lgan ushbu tashabbus bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda. Rejani muvofiqlashtirish va tashkil etish uchun hali etarlicha vaqt bor.
Fikrlar