
"Barselona" va "Sevilya" yozda o‘zaro futbolchi almashtirishi mumkin
"Barselona" klubi xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Rakitichni "Sevilya"ga qo‘yib yuborishga tayyor.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar 32 yoshli futbolchisini 20 mln evroga baholashmoqda. Ammo, koronaviruv pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz sabab andalusiyaliklar ushbu mablag‘ni to‘lay olmasliklari mumkin.
“Barselona” esa bu vaziyatda “Sevilya” bilan futbolchi almashtirishga ham tayyor. Ular Rakitich evaziga "Sevilya"dan Jyul Kunde yoki Diego Karlosdan birini berishni so‘rashmoqda.
Fikrlar