"Barselona" va "Manchester Siti" ko‘zlayotgan 17 yoshli braziliyalik futbolchi "Real"ga o‘tadigan bo‘ldi

  • 5 yanvar, 2020, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyaning "Flamengo" klubi yarim himoyachisi Reyner katta ehtimol bilan faoliyatini "Real" Madridda davom ettiradi.

Tecno

Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 17 yoshli braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Aniqrog‘i, “Real” Reyner uchun “Flamengo”ga 35 mln evro to‘laydi. Endi madridliklar futbolchining o‘zi bilan shaxsiy kelishuvga erishib olishsa bas.

Ta’kidlash kerakki, Reyner uchun shuningdek “Manchester Siti” va “Barselona” klublari ham xaridor bo‘layotgan edi.

Ma’lumot uchun, Reyner 2019 yil davomida “Flamengo” safida jami 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!