“Barselona” va Depay kelishib oldi

  • 16 avgust, 2022, 13:36
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Niderlandiyalik hujumchi Memfis Depay “Barselona” klubidan “Yuventus”ga o‘tishi kundan-kunga aniq bo‘lib bormoqda. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” 28 yoshli futbolchini tekinga qo‘yib yubormoqchi. Bu holatda Kataloniya klubi futbolchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilingani uchun tovon puli to‘lamaydi.

Oldinroq OAV "keksa sinora" Depay bilan shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabar bergandi. Memfisning Turindagi maoshi besh million evroni tashkil qiladi.

Gollandiyalik futbolchi o‘tgan mavsum "Barselona" safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 2 ta assistni yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!