"Barselona" va "Bavariya" Xabi Alonsoning sobiq shogirdini diqqat bilan kuzatmoqda
"Bayer" jamoasi himoyachisi Aleks Grimaldo yaqin orada klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar kuchaymoqda.
Jurnalist Matteo Morettoning ta’kidlashicha, 30 yoshli futbolchi yana Ispaniyaga qaytishi mumkin bo‘lgan nomzod sifatida faol muhokama qilinmoqda. Uning aytishicha, "Bavariya" ham Grimaldo vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda, biroq futbolchining o‘zi "qaror qabul qilish vaqti kelsa, Ispaniyaga qaytishni afzal ko‘radi".
"Barselona" ham o‘z tarbiyalanuvchisi Alexandro Baldening o‘sishini baholab boryapti va shu bilan birga "Grimaldo holatini kuzatyapti", ammo hozircha aniq harakatlar qilinmagan.

Morettoning qo‘shimcha qilishicha, "Bayer" o‘zining eng kuchli o‘yinchilaridan birini "Bavariya"ga topshirishni istamaydi. Shu bois, agar transfer amalga oshadigan bo‘lsa, u bevosita Ispaniya chempionati bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, jurnalist klub va futbolchi o‘rtasidagi munosabatlar juda yaxshi ekanini ta’kidladi: "Agar Grimaldo bir kuni Ispaniyaga qaytish istagini bildirsa, tomonlardan hech biri bu qarorga qarshi turmaydi".
Eslatib o‘tamiz, Grimaldo ilgari "Barselona B" safida to‘p surgan, u "blaugranaliklar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.



Fikrlar