"Barselona" Torresni qachon tanishtirishi ma’lum

  • 24 dekabr, 2021, 18:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" futbolchisi Ferran Torresning "Barselona"ga o‘tishi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. 

Kataloniya klubi 21 yoshli hujumchining transferi haqida 27 dekabr kuni e’lon qiladi. Ertasi kuni uning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda ushbu tadbirga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

"Ko‘k-anorranglilar" yarim himoyachi uchun taxminan 55 million evro to‘laydi, shuningdek, 10 million evro miqdorda bonuslar ham mavjud.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!