
"Barselona" top himoyachi bilan deyarli kelishuvga erishdi
"Barselona" "Siti" qanot himoyachisi Joau Kanseluni o‘z safiga qo‘shib olishi kutilmoqda.
Jurnalist Pedro Almeidaning xabar berishicha, Kanseluning agenti Jorje Mendesh hamda "Barsa" prezidenti Joan Laporta o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy o‘tgan.
"Ko‘k-anorranglilar" hozirgi moliyaviy holatida portugalni to‘liq sotib ololmaydi. Shu tufayli, klub uni ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqchi.
Bilasiz, Joau qishda Gvardiola bilan kelisha olmay, "shaharliklar"ni tark etdi va yarim mavsum "Bavariya" tarkibida to‘p tepdi.
Fikrlar