
"Barselona" tez orada "Ayaks" sardorining transferi masalasida rasmiy taklif yuboradi
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Ayaks"ning yana bir etakchisini o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlamoqda.
Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” bu safar amsterdamliklar sardori Mattays de Ligtga qiziqish bildirishmoqda va tez orada bu borada “Ayaks”ga rasmiy taklif yuborishni rejalashtirishgan.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli gollandiyalik himoyachi joriy mavsum “Ayaks” safida jami 42ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 4ta gol urishga erishdi. Transfermarkt talqini bo‘yicha de Ligtning narxi 65 mln evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Barselona" "Ayaks" xavbeki Frenki de Yong bilan kelishuvga erishishgan edi.
Fikrlar