
“Barselona” ter Shtegen o‘rniga yosh darvozobon olmoqchi
“Lill” klubi darvozaboni Lyuka Shevale faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Sport.es xabar berishicha, 22-yoshli frantsuzga “Barselona” qiziqish bildirmoqda. Manba ma’lum qilishicha, Shevale ter Shtegen o‘rniga yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda. “Lill” o‘z futbolchisini 20 million evroga baholamoqda.
Lyukaning frantsuz klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Joriy mavsum golkiper 16 ta uchrashuvdan 7 tasini quruq o‘tkazgan.
Fikrlar