"Barselona" tekinga futbolchi oladi

  • 30 avgust, 2022, 19:58
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi futbolchisi Ektor Belerin 2021/2022 yilgi mavsum "Betis"da ijara asosida o‘ynadi. Yozda himoyachi "to‘pchilar" safiga qaytdi, ammo Mikel Arteta unga ishonch bildirmasligini ma’lum qildi.

Tecno

Mish-mishlarga ko‘ra, Belerinning xizmatlari "Betis" va "Barselona"ga taklif qilingan. Jurnalist Jerar Romero xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan "Kamp Nou"ga yo‘l oladi. Qayd etilishicha, kataloniyaliklar Belerinni tekinga, ya’ni futbolchi “Arsenal” bilan shartnomasini bekor qilgach shartnoma imzolaydi.

O‘z vaqtida Ektor Belerin "Barselona" akademiyasidan chiqqan va u erdan "Arsenal" akademiyasiga ko‘chib o‘tgan.

“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Ektor Belerinning narxi 20 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!