"Barselona" tarixida 10-raqam ostida to‘p tepgan futbolchilar TOP-10taligi tuzildi

  • 19 iyul, 18:28
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lamin Yamal yaqinda "Barselona" bilan shartnomani uzaytirib, o‘ziga yangi 10-raqamni oldi. Shu munosabat bilan "Goal" portali "Barselona" tarixidagi eng yaxshi 10-raqamda to‘p tepgan o‘yinchilar reytingini tuzdi.

Kutilganidek, birinchi o‘rinda uzoq yillar davomida klub uchun o‘ynab, 2020-2021 yilgi mavsumda Kataloniya jamoasini tark etgan Lionel Messi joylashdi. Ikkinchi o‘rinda esa futbol maydonida haqiqiy sehr ko‘rsatgan futbolchi - Ronaldino.

Uchinchi o‘rinni Diego Maradona egalladi. Keyingi o‘rinlarda Rivaldo, Ladislav Kubala, Romario, Xristo Stoichkov, Luis Suares (1954-1961 yillarda klubda o‘ynagan), Georgi Xaji va Evaristo joy oldi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!