“Barselona” tan olmagan “La Masiya” yulduzlari

  • 2 sentabr, 2020, 17:31
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO
Yaqinda Ispaniya milliy terma jamoasining UEFA Millatlar Ligasi doirasida Ukraina hamda Germaniya termalariga qarshi uchrashuvlar uchun tarkibi e’lon qilindi. “Qizil furiya” ustozi Luis Enrike yig‘inga jalb etgan 21 futbolchidan 11 nafari “La Masiya” akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Ammo mazkur o‘yinchilarning aksariyati “Barselona” safida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani, etarlicha e’tiborga olinmagani sababli Kataloniyani tark etishga majbur bo‘lgan. Biz esa “Barselona” tan olmagan “La Masiya” yulduzlariga e’tiboringizni qaratamiz.
Andre Onana
“Barselona”ning darvozabondan ko‘ngli to‘q. Ammo mutlaqo emas. Jamoaning omadsiz o‘yinlari Ter-Shtegenning ham sabr kosasini to‘ldirmoqda. U kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma borasida bir qarorga kela olmayapti. Qolaversa, “ko‘k-anorranglilar” tarkibida unga munosib o‘rinbosar ham yo‘q. Shu sababli, klub o‘z tarbiyalanuvchisi hisoblangan Onanaga bir necha bor taklif yubordi. Kamerunlik posbon “Ayaks” tarkibidagi ishonchli harakatlari bilan boshqa grandlarni ham o‘ziga qaratganligini hisobga olsak, muammolar girdobidagi “Barsa” rahbariyati oldida kechiktirib bo‘lmas yana bir vazifa turibdi.
457196426
Erik Garsiya
“La Masiya”ning U-16 jamoasi tarkibida o‘zini ko‘rsatgan Garsiyaga keyinchalik klub tomonidan e’tibor qaratilmadi. Kataloniyada uning kelajagiga shubha ostida qarashar, asosiy tarkibda debyut qilishi tobora armonga aylanib borar edi. Natijada, u “Manchester Siti” taklifini bajonidil qabul qiladi va professional faoliyatini “shaharliklar” tarkibida boshlaydi. Aytish joizki, Erik bugungi kunda Gvardiolaning umidli futbolchilaridan biri hisoblanadi. Pep “Barselona”da bosh murabbiylik qilgan davrda “La Masiya” mashg‘ulotlarini kuzatar, u erdan iste’dodlarni saralashga harakat qilardi. Demak, o‘shanda yosh Garsiyaning qaysidir jihati ispaniyalik mutaxassis e’tiborini o‘ziga jalb qila olgan.
Eric-Garcia-Barcelona-1_1
Ektor Belerin
“Barsa” qanotlarida tezkor futbolchilar doim bo‘lgan. Belerin ham ulardan biri bo‘lishi mumkin edi. Ammo “La Masiya”da 8 yil harakat qilgan Ektorga yakunda asosiy tarkibdan joy berishmadi. Bu uning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsata olmadi, ispaniyalik fulbek nimalarga qodirligini barchaga isbotlab qo‘ydi. 2018 yilda u 37 km/s tezlik bilan dunyoning eng tez yuguruvchi futbolchilari ro‘yxatidan o‘rin oldi. Transfer summasi ham shunga yarasha 40 mln evroni tashkil etardi.
5746d7b3e372dc01e3000001
Tyago Alkantara
Yuqoridagi futbolchilardan farqli o‘laroq, Alkantara “Barselona” asosiy tarkibida harakat qilgan. Umumiy 5 yil va 68 ta o‘yin uning Kataloniya super klubidagi faoliyatini tasvirlab beradi. Ammo rahbariyatning tushunarsiz qarorlari uni “Barsa”dan ketishga majbur qildi. Tushkun kayfiyatda Germaniyaga yo‘l olgan xavbek tez orada uni qadrlaydigan jamoani topdi. “Bavariya”ning asosiy tarkib futbolchisiga aylangan Tyago klubining trebl qayd etishida o‘zining benazir hissasini qo‘shdi.
hi-res-169780998_crop_north_1
Dani Olmo
Olmo “Xuvenil S” tarkibida o‘zini ko‘rsatgan, gollar urgan. 7 yil davomida “ko‘k-anorranglilar” libosini kiygan qahramonimiz 2015 yilda “Dinamo” Zagreb safiga qo‘yib yuboriladi. U kelajagi uchun shu qarorga kelishni ma’qul ko‘rgan. Chunki “Barselona” o‘z akademiyasi iste’dodlarini nazarga ilmas darajaga chiqib ulgurgan edi. Dani zagrebliklar safida 5 yil faoliyat yuritadi va yanada yuksalish uchun “RB Leyptsig” jamoasini tanlaydi. Shubhasiz, uning qarori o‘zini oqlamoqda. 22 yoshli xavbek bu mavsum klubi bilan Chempionlar Ligasi kuchli to‘rtligidan o‘rin egalladi. O‘z navbatida, bu natija unga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirdi. Bugun Dani Olmo Evropa grandlari oromini o‘g‘irlagan ajoyib yarim himoyachiga aylanib ulgurgan.
comment_D4RYABfyP649eDTb5sdisacuqC2cd8TI_1
Mark Kukurelya
“Ko‘k-anorranglilar” falsafasiga yaqqol mos keluvchi futbolchi bugun “Xetafe” safida javlon urmoqda. O‘z kelajagi uchun ketishni ma’qul ko‘rgan Mark yaqin kelajakda bundan ham kattaroq klublarga o‘tish ehtimoli yuqori. Qahramonimiz “La Masiya” akademiyasida futbol sirlarini o‘rganib, asosiy tarkib uchun kurashmoqchi bo‘lgan paytda klub tomonidan sotib yuboriladi. Bugungi kunda uning samarali uzatmalari, to‘p uchun kurashda faolligi, pozitsion hujumda yaxshi harakat qilishi kataloniyaliklarga asqatishi tayin edi.
usa_today_11007358.0_1
Adama Traore
“Vulverxempton”dagi o‘yinlari orqali grand jamoalar oromini o‘g‘rilagan Traore aslida “Barsa” tarbiyalanuvchisi ekanligini hamma ham bilmaydi. 2004/2015 yillar oralig‘ida klub tizimida tarbiyalangan futbolchiga asosiy tarkibdan atigi 4 o‘yinda joy beriladi. O‘shanda ham u so‘nggi daqiqalarda o‘yinga qo‘shilar edi. Keyinchalik uni 10 mln evroga “Aston Villa”ga sotib yuborgan rahbarlar hozir bunday qattiq afsus chekayotganligi shubhasiz. Sababi Traore bu yil APLda 9 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ya oldi. Bunday raqam Messini hisoblamaganda, “Barsa”ning boshqa hech qaysi futbolchisida yo‘q. Yakkakurashlarda faolligi, aniq paslari va yuqori tezligi tufayli uning transfer narxi 35 mln evrogacha ko‘tarildi.
NINTCHDBPICT000181119405-1-e1582203229158
Mauro Ikardi
“Barselona” bugun markaziy hujumchi topolmay qiynalmoqda. O‘z vaqtida, Ikardiga imkoniyat bermagan klub vakillari bunday muammoga duch kelishi ham aslida adolatdan bo‘lardi. Bunday yuqori darajali hujumchining o‘smirlikdagi harakatlari ham a’lo darajada bo‘lganligini uning “Sampdoriya”dagi natijalari isbotlab beradi: “ko‘k-anorranglilar” tarkibidagi tushunmovchilikdan keyin “Sampdoriya”ga ijaraga berilgan Mauro ko‘p o‘tmay, 33 o‘yinda 11 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. A Seriyaning 14-o‘rindagi jamoasi uchun bir mavsumda shuncha gol urish 20 yoshli hujumchi uchun ajoyib natija. Argentinalik forvardning iste’dodini payqagan “Inter” vakillari uni “Barsa”dan 10 mln evro evaziga sotib oladi. Bu “Barsa” uchun fojealarning boshlanishidek edi.
jnIPUQaU
To‘g‘ri, "Barselona"da o‘z o‘rnini topa olgan "La Masiya" iste’dodlari etarli. Ammo so‘nggi yillarda klub akademiyaga deyarli e’tibor qaratmay qo‘ydi. Dunyoga mashhur futbol maktabining asosiy jamoada o‘ynagan oxirgi yorqin bitiruvchilari Xavi, Inesta, Messi, Buskets kabi futbolchilar edi va ularning sharofati bilan "Barsa" grandlar ichra grandga aylandi. Natijada, "La Masiya"dan ko‘ra tayyor "yulduzchalar"ni izlash payiga tushdi. Bu holat akademiya saviyasi pasayib ketishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmasligi tayin. Shubhasiz, kataloniyaliklar bugun turli xil klublarda faoliyat yuritayotgan o‘z tarbiyalanuvchilarini qaytara olsa, istalgan turnirda doim favorit hisoblanadigan "Barselona"ni ko‘ramiz!
Javohir Azimov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Urinov Bobirbek
02/09/2020 23:26
Хаммаси Амтамеони айби