
“Barselona” Suares va Grizmann boshchiligidagi yulduzlarini sotuvga qo‘ymoqda
Mavsumda birorta sovrinni qo‘lga kirita olmagan “Barselona” tarkibini yangilash maqsadida yaxshi takliflar olgan taqdirda qator futbolchilarini sotadigan bo‘ldi.
Klub darvozabon Mark-Andre ter Shtegen, yarim himoyachi Frenki De Yong va jamoa sardori Lionel Messini o‘z safida olib qoladi. Yosh o‘yinchilar Ansu Fati va Rikardo Puch ham Kataloniyadan ketmasligi kerak.
Yozgi transferlar vaqtida jamoaga Lautaro Martines keladigan bo‘lsa, Luis Suares o‘ziga boshqa jamoa topishi kerak bo‘ladi. Klubni tark etadigan futbolchilar ro‘yxatiga koronavirusga chalingan Samuel Yumtiti, o‘zini tutishi va jarohatlarga moyilligi to‘g‘ri kelmayotgan Usmon Dembele, o‘yinida pasayish kuzatilayotgan Ivan Rakitich kiritildi.
Shuningdek, manfaatli taklif bo‘lsa kataloniyaliklar Serxi Roberto va Nelson Semeduni ham qo‘yib yuboradi. “Barselona”ga o‘zini ko‘rsata olmayotgan Antuan Grizmann ham kerak emasligi aytilmoqda.
Lionel Messining o‘zi ham boshqa jamoaga o‘tib ketishi mumkin. Unga “Manchester Siti” va “Inter” da’vogarlik qilmoqda. Futbolchining o‘zi esa kataloniyaliklar bilan kelasi yili yakunlanadigan shartnomani uzaytirishni istamayapti.
Fikrlar