
“Barselona”: Suares tayyorlan, birinchilardan ketasan!
“Barselona” muvaffaqiyatsiz mavsumdan so‘ng yoshi o‘tib qolayotgan va yuqori maosh oluvchi futbolchilardan voz kechishga qaror qildi.
Bu orqali kataloniyaliklar ham tarkibni yoshartiradi, ham maoshdan mablag‘ tejaydi. Yuqori maosh oluvchi futbolchilardan biri 33 yoshli Luis Suares ham birinchilardan bo‘lib transferga qo‘yiladi.
Hozirda urugvaylik futbolchida arab mamlakatlaridan, xususan, Qatarning “Al-Arabi” jamoasidan manfaatli taklif bor. Bundan tashqari, hujumchi transferga qo‘yilishi bilan unga Evropaning kuchli klublari ham xaridor bo‘lishi tabiiy hol.
Fikrlar