
"Barselona" stadionining nomi o‘zgaradi!
"Barselona" yangi homiy "Spotify" bilan kelishuvga erishish arafasida turibdi.
Jarayon ayni paytda yakuniy bosqichda va tomonlar bu haqda iloji boricha tezroq rasmiy e’lon berish ustida ishlamoqda. "Spotify" kataloniyaliklarning uy stadioni "Kamp Nou"ga nom berish huquqini ham qo‘lga kiritdi.
Ma’lum bo‘lishicha, klub uy maydoni nomi "Spotify Kamp Nou"ga o‘zgaradi. Bu orqali "ko‘k-anorranglilar" yiliga taxminan 5 million dollar daromad topadi. Stadion rekonstruktsiya qilinganidan so‘ng bu miqdor oshishi mumkin.
Avvalroq, "Barsa" musiqa kompaniyasidan 3 yil mobaynida 280 million evro ishlab topishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar