
"Barselona" stadioni vaktsinatsiyaga "mezbonlik" qiladi
“Barselona”ning uy stadionida Ispaniya aholisini koronavirusga qarshi ommaviy emlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
“Barselona” prezidenti Joan Laporta va Ispaniya sog‘liqni saqlash vaziri Alba Vergas “Kamp Nou”da emlash bo‘limini tashkil etish bo‘yicha tegishli kelishuv imzolagan.
Endi “Kamp Nou” Kataloniyadagi eng katta 7 ta emlash joyidan biriga aylanadi. Stadionga 500 mingga yaqin vaktsina keltiriladi va u erda Kataloniya axolisining 70 foizi COVID-19 ga qarshi emlanadi.
Fikrlar