
"Barselona" "Spotify"dan 65 million evro talab qilmoqda
"Barselona" va "Spotify" o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.
Tomonlar hamkorlikdan mamnun va tomonlar joriy mavsum yakunida tugaydigan asosiy homiylik shartnomasini uzaytirish niyatida. Amaldagi kelishuvga ko‘ra, "Spotify" "Barsa"ga yiliga 57,5 million evro to‘lamoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar yangi shartnoma bandida 65 million evrodan ko‘proq mablag‘ olishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, "Barselona" kompaniya logotipini mashg‘ulot formasining old tomoniga joylashtirsa, 10 million, orqa tomoniga joylashtirsa esa 5 million evro ishlab oladi.
Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" "Spotify" bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Fikrlar