"Barselona" sobiq yarim himoyachisi futbolchilik faoliyatini yakunladi

  • 1 fevral, 2021, 13:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Ibrohim Afellay professional futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.

Tecno

"O‘ylaganlarimning barchasini qo‘lga kiritganim yo‘q, biroq men hamma narsani to‘g‘ri qabul qilaman. Bu ish qachondir bo‘lishi kerak edi", - deya izoh berdi yarim himoyachi.

34 yoshli futbolchi so‘nggi bor 2020 yil 26 yanvar kuni maydonga tushgan edi. PSVni may oyida tark etgan Afellay ortda qolgan vaqt mobaynida biron klubdan taklif olmagani ortidan butsasini mixga ilishga qaror qildi.

Afellay faoliyati davomida "Barselona", "Shalke", "Olimpiakos" va "Stok Siti" klublarida to‘p surgan. Shuningdek, u Niderlandiya terma jamoasi safida 53 ta o‘yinda 7 ta gol kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!