
"Barselona" sobiq futbolchisini PSJdan ijaraga olmoqchi
"Barselona" Xavi Simonsga qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Xose Alvaresning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar PSJga tegishli va hozirda "Leyptsig"da o‘ynayotgan yarim himoyachini ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, futbolchining o‘zi ham 2010 yildan 2019 yilgacha akademiyada tahsil olgan jamoaga qaytishni juda xohlaydi.
Joriy mavsumda niderlandiyalik futbolchi Bundesligada 11 ta assistni amalga oshirdi - bu jamoadagi eng ko‘p golli uzatma.
Fikrlar