
"Barselona" sobiq futbolchisi Masharipov bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov to‘p tepadigan Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasi "Barselona" futbolchisi Miralem Pyanichni sotib olishi mumkin. Bu haqda "Foot Mercato" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, transfer huquqi "Barselona"ga tegishli bo‘lgan Miralemga saudiyaliklar bosh murabbiyi Rudi Garsiyaning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda. U avval futbolchi bilan "Roma"da ekanligi paytida birga ishlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, "Barselona" ham yarim himoyachining sotilishiga qarshi emas. Klub bosniyalik iqtidor sohibini yaxshiroq summa evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Pyanich o‘tgan mavsumni ijara asosida "Beshiktosh"da o‘tkazdi. U Turkiya chempionatining 20 o‘yinida 2 ta assist muallifiga aylandi.
Fikrlar