"Barselona" "Siti" futbolchisini sotib olish fikridan qaytdi

  • 16 yanvar, 2021, 15:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" qishki transferlar davrida "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiyani olmaydigan bo‘ldi.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "ko‘k-anor ranglilar" klub prezidentligi saylovi muddati o‘zgargani sabab, Garsiyaning transferidan voz kechgan. Boisi, prezidentlikka nomzodlarning barchasi ham 20 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib olish istagida emas.

Aytish lozimki, Garsiyaning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli, u “Barsa”ga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Erik Garsiya joriy mavsum “Manchester Siti” safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning transfer narxi 20 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!