
"Barselona" "Siti" futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
"Barselona" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Ferran Torres bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda "Sport1" xabar tarqatdi.
Manbaning xabar berishicha, kataloniyaliklar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. "Shaharliklar" Ferran uchun "Barsa"dan 70 million evro so‘ramoqda. "Ko‘k-anorranglilar" esa uning narxini tushirmoqchi yoki transferga o‘z futbolchisini qo‘shmoqchi.
Joriy mavsum Torres APL doirasida 4ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan va bitta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar