"Barselona" Semeduni sotmaydi

  • 4 iyun, 2019, 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachi Nelson Semeduni sotishni rejalashtirmayapti.

Tecno

Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati 25 yoshli portugaliyalik futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan to‘liq qoniqish xosil qilishmoqda va uni yaqin orada sotib yuborishmoqchi emas.

Qayd etish lozimki, Semeduning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Ushbu shartnomaga ko‘ra uning tovon puli 100 mln evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq uning xizmatlariga “Atletiko” Madriddan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Semedu o‘tgan mavsum “Barselona”da 46ta o‘yinda maydonga tushdi va1ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!