"Barselona" Reshforddan mamnun — yangi shartnoma tayyorlanmoqda
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Manchester Yunayted"dan mavsum oxirigacha ijaraga olingan ingliz hujumchisi Markus Reshfordning o‘yinidan mamnun. "The Sun" nashrining xabar berishicha, klub rahbariyati uning transferi bo‘yicha doimiy shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda.
Reshfordni to‘liq sotib olish "Barselona"ga 25 million evroga tushishi mumkin, bundan tashqari "qizil iblislar" yana 5 million evroni bonus tariqasida olish ehtimoli mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Markus joriy yozgi transfer oynasida "ko‘k-anorranglilar" safiga qo‘shilgan edi. Bu mavsumda u kataloniyaliklar tarkibida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar