"Barselona" Reshford va Dias o‘rtasida tanlov qildi
"Barselona" sport direktori Deku va jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Niko Uilyams transferi amalga oshmagach, "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford va "Liverpul" futbolchisi Luis Dias o‘rtasida tanlov qilishdi. AS nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar kolumbiyalik vinger nomzodiga to‘xtalishgan.
Manbaga ko‘ra, manchesterliklar Markusni sotishga tayyor. Biroq, "ko‘k-anorranglilar" 27 yoshli futbolchiga qiziqishmayapti. "Barselona" rahbarlari Diasni tanlashiga sabab, uni jamoa uchun mehnat qila oladigan va etakchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan universal futbolchi deb hisoblashlari bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, Reshford o‘z agenti orqali Kataloniya klubiga uning tarkibiga qo‘shilish istagini bildirgan.



Fikrlar