
"Barselona" rahbariyati xavotirda
Ronald Arauxoning "Barselona"dagi kelajagi so‘roq ostida.
"As" nashri xabar berganidek, uning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. "Barselona" haligacha uning agentlari bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilish sanasini kelisha olmadi. Futbolchining agentlari tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvlarning tizimli kechiktirilishi "Barsa" rahbariyatida Ronald boshqa klubdan katta taklif olgani borasida shubha uyg‘otmoqda.
Vaziyat "ko‘k-anorranglilar" rahbariyatini xavotirga solmoqda. Ular Arauxo bilan muzokaralar serialga aylanishini istashmaydi.
Agar Ronald yangi shartnoma taklifini qabul qilmasa, klub uni sotishga tayyor. Bu holatda ular kamida 80 million evro talab qilishadi.
Fikrlar