
"Barselona" rahbariyati Agueroning vakillari bilan "ishlar"ni boshlab yubordi
“Barselona” rahbariyati argentinalik hujumchi Serxio Aguero masalasida ishlarni yanada faollashtirdi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar yozda erkin agentga aylanadigan 32 yoshli hujumchining agenti bilan muzokaralar o‘tkazgan. Hozircha bu borada to‘liq tafsilotlar oshkor etilmayapti.
Bundan avvalroq, Aguero “Barsa”ga faqatgina Lionel Messi jamoada qolsagina o‘tishga rozilik bildirishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Aguero “Manchester Siti” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar