
"Barselona" Rafinyaga narx belgiladi
"Barselona" vingeri Rafinya yaqin kelajakda jamoani tark etishi mumkin. "Football Transfers" portali xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar 26 yoshli braziliyalikni 70 million evroga sotishga tayyor.
Rafinyaga Angliya Premer-ligasining ikki grandi - Londonning “Arsenal” va “Chelsi” klublari qiziqish bildirmoqda.
2023/2024 yilgi mavsumda Rafinya "ko‘k-anorranglilar" tarkibida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ayni damda "Barselona" La Liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar