
"Barselona" qishda Torres bilan shartnoma imzolamoqchi
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Ferran Torres faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin. Ispaniyalik futbolchiga “Barselona”dan jiddiy qiziqish mavjud.
Sport.es tarqatgan xabarga qaraganda, Torres kataloniyaliklarning qishki transferlar davridagi eng asosiy nishoni hisoblanadi. Futbolchining o‘zi ham “Kamp Nou”ga ko‘chib o‘tishga qarshi emas va bu boradagi istagini “Siti” rahbariyatiga ma’lum qilgan.
“Barselona” rahbariyati endi Ferranning transfer summasini kelishib olishlari kerak. Klub moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgani uchun katta xarajatlarga qurbi etmaydi. Torresni sotib olish uchun kataloniyaliklar katta ehtimol bilan futbolchilaridan biri bilan xayrlashishi kerak.
Fikrlar