
"Barselona" qishda amalga oshmagan transferga yozda urinib ko‘radi
Moratada ikki yo‘l bor.
"Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata bugungi kunda jamoadagi o‘rnidan norozi va shu sabab u klubni tark etishi mumkin. "TodoFichajes" nashri xabariga ko‘ra, 30 yoshli ispaniyalik hujumchi ikki top-klubdan taklif bo‘lmoqda.
Ya’ni, Morata "Yuventus"ga qaytishi yoki Kataloniyaning "Barselona" klubiga o‘tishi mumkin. "Ko‘k-anorranglilar" o‘tgan yilning yanvar oyida Morataga qiziqish bildirgan edi va bu transferni yozda amalga oshishi mumkin.
"Atletiko"ning o‘zi ham keyingi transfer oynasida Alvaroni 20 million evroga sotishga tayyor.
2022/2023 yilgi mavsumda Alvaro "matraschilar" safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va sheriklariga 2 ta samarali uzatma berdi.
Fikrlar