"Barselona" pul tufayli zo‘r futbolchidan voz kechdi

  • 16 dekabr, 2021, 13:52
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Xabarlarga ko‘ra, unga La Liganing ikki grandi jiddiy qiziqish bildirayotgandi. Ammo "Barselona" frantsiyalik futbolchi uchun kurashdan chiqdi, deb yozmoqda xorij nashrlari. Ma’lum bo‘lishicha, bu qaror bosh murabbiy tomonidan chiqarilgan.

Shuningdek, Pogbaning yuqori maoshi va agent Rayolaning xizmat haqi kataloniyaliklar uchun qimmatlik qilishi aytilmoqda. Tomonlar muzokara o‘tkazganidan so‘ng "ko‘k-anorranglilar" prezidenti Laporta bosh murabbiy bilan maslahatlashib, Pogba transferidan voz kechgan.

28 yoshli yarim himoyachiga Madridning "Real" klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Pol yozda erkin agentga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SIROJ BO'RIYEV
16/12/2021 14:37
Pogbaga gap soz bolishi mumkin emas zor yarim himoyachi lekin bizga yarim himoyachi kòp va istedodli gavi niko pedri puch de yong aytganlarim hali beri pogba boĺa olmas lekin inesta havi busketslar ham shular òqigan maktabdan chiqgan