"Barselona" prezidenti: Messisiz o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rib borishimiz lozim

  • 15 mart, 2019, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa argentinalik hujumchi Lionel Messining faoliyatini yakunlashiga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rishi lozim.

Tecno

“Bizning tarkibimizda futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi bor. U  kun kelib faoliyatini yakunlamoqchi ekanini baribir aytadi. Umid qilamanki bu holat yana bir necha yillardan so‘ng sodir bo‘ladi. Lekin, biz klubdagilar bunga tayyorgarlik ko‘rib borishimiz lozim. Aynan mana shuni o‘ylab biz Dembele, Koutino, Frenki de Yong kabi yosh iqtidorli futbolchilar bilan shartnoma imzoladik. Biz ushbu muvaffaqiyatli davrni davom ettirishimiz kerak”, - deydi Bartomeu.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli Messining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!