
"Barselona" prezidenti hakamlar harakatlarini qoraladi
Joan Laporta "Xetafe"ga qarshi o‘yindagi hakamlarning qarorlariga norozilik bildirdi.
- "Xetafe" bilan o‘yindagi hakamlik harakatlari sharmandali bo‘ldi. Kundega nisbatan belgilanmagan penalti - bu adolatsizlik. Xuddi shunday epizodda Ryudigerga nisbatan bo‘lgan qoidabuzarlikda 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi, - dedi "Barselona" prezidenti.
Shanba kuni "Barselona" va "Xetafe" La Liganing 20-turida 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Ma’lumot uchun, o‘yinning 80-daqiqasida "Barselona" himoyachisi Jyul Kunde va "Xetafe" yarim himoyachisi Krisantus Uche burchak to‘pi uzatilayotgan paytda to‘qnashib ketdi. Uche qo‘llari bilan Kundeni ushlab, himoyachini yiqitishga urinayotgan edi. O‘yin hakami Pablo Gonsales Fuertes bu epizodda qoidabuzarlik qayd etmadi.
Fikrlar