"Barselona" prezidenti: Bu futbolchi uchun 100 millionlik taklif olganmiz

  • 30 iyun, 2023, 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta o‘tgan yili yarim himoyachi Frenki de Yongni uchun katta taklif bo‘lganini aytdi.

Tecno

“O‘tgan yili biz Frenki de Yong uchun 100 million evrolik taklif olgandik. Ammo biz uni sotmasdan to‘g‘ri ish qildik. Shunday futbolchilar borki, ular transferga qo‘yilmaydi”, - dedi Laporta Esport3 nashriga bergan intervyusida.

Balki Laporta "Manchester Yunayted"dan kelgan taklif haqida gapirayotgandir. Chunki De Yong o‘tgan yili "qizil iblislar" bilan jiddiy muzokaralar olib borgan edi. Shu bilan birga, matbuot “Barselona” futbolchini yuqori maoshini hisobga olib, uni sotmoqchi ekanligini, biroq uning o‘zi bu transferga qarshi chiqqanini yozgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!