"Barselona" prezidenti: APL klublari bu ishi uchun hali afsuslanadi

  • 1 iyul, 2021, 15:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barcelona" prezidenti Joan Laporta APL klublarining Evropa Superligasi loyihasida ishtirok etishdan butunlay voz kechgani haqidagi qaroriga izoh berdi.

Tecno

Oldinroq ma’lum bo‘lishicha, Superliga asoschilari qatoriga kirgan Angliyaning oltita jamoasi loyiha tashabbuskori Florentino Peresdan ligani boshlash uchun yaratilgan tashkilotni yopishni so‘ragan.

“Biz qiyin ahvolda turibmiz. Transfer bozorida pul yo‘q, nimadir o‘zgarishi kerak.

Ingliz klublarining pozitsiyasiga kelsak, ular ertami-kechmi ushbu qaroridan afsuslanadi.

Tebas tanqidi? U Superliga La Ligaga hech qanday ta’sir qilmasligini tushunishi kerak. "Barsa" chempionatda har mavsum g‘olib bo‘lishni xohlaydi”, - dedi Laporta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!