"Barselona" polshalik darvozabon bilan muzokaralarni boshladi
"Barselona" jarohat olgan Ter Shtegen o‘rniga yangi darvoabon olib kelish ustida ishlamoqda. Variantlar orasida Voytsex Shensni ham bor.
Fabritsio Romano xabar berishicha, 34 yoshli posbonning agentlari kataloniyaliklar bilan bog‘lanishdi. Posbon kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shilishga rozi.
Shensni yozda faoliyatini yakunlagandi. Ammo "Barsa" taklif bilan chiqsa, futbolga qaytishga tayyor. U o‘tgan mavsumni "Yuventus"ni o‘tkazdi. Shuningdek, Voytsex "Roma" va "Arsenal" kabi klublarda to‘p tepgan.
Ispaniya grandi o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin bo‘lgan darvozabonlar orasida "Real"ning sobiq a’zosi Keylov Navas ham mavjud. Shuni ham ta’kidlash kerak, kosta-rikalik posbon ham ushbu klubga o‘tishga tayyor.



Fikrlar