
"Barselona" Pikega o‘rinbosar topdi
"Barselona" "Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaportni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Fichajes" xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar kelasi yil yozda 27 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘radi. "Barsa" Pikega o‘rinbosar qidirmoqda. Avvalroq, Jerar mavsum so‘ngida faoliyatini yakunlashi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Transfermarkt" poratli Lyaportni 45 million evroga baholamoqda. Joriy mavsum himoyachi 3ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan. Uning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar