"Barselona" Pedri bilan shartnomani yangilamoqchi. Ammo...
Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati ispaniyalik yarim himoyachi Pedri bilan yangi mehnat shartnomasi tuzmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo sahifalarida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" moliyaviy qiyinchiliklar tufayli hozircha Pedri bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvni yakunlay olmayapti. Qayd etish lozimki, tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar imzolangan.
Joriy mavsumda Pedri “Barselona” tarkibida oltita uchrashuvida qatnashib, ikkita gol urdi. Ispaniya chempionatining besh turidan so‘ng Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa 15 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.



Fikrlar