
"Barselona" o‘z telekanalini sotmoqchi
"Barselona" yangi moliyaviy ta’sir kuchini faollashtirishni rejalashtirmoqda.
Diario Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Kataloniya klubi Barsa TV-ni sotishni ko‘rib chiqmoqda. Klub shu tariqa ish haqi miqdori bo‘yicha cheklovlarga moslashish yo‘llarini qidirmoqda.
Garchi "ko‘k-anorranglilar" LaLiga qo‘yayotgan talablarni qondirishning yagona yo‘li o‘yinchilarning maoshlarini qisqartirish ekanligini tushunsa-da, ammo baribir qo‘shimcha daromad olish uchun klub kanalini sotishni ko‘rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, bu operatsiya yangi moliyaviy daromad manbaiga aylanishi mumkin, ayniqsa hozirda Barsa TV foydasiz aktiv ekanligini hisobga olganda.
Ma’lumot uchun, Barsa TV kanali katalon, ispan va ingliz tillarida efirga uzatiladi. U Barselonadagi Kamp Nou stadionida joylashgan.
Fikrlar