"Barselona" o‘z tarixida "Bavariya"ni 3-marta mag‘lub etdi

  • 24 oktabr, 2024, 10:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" 28 yil ichida uchinchi marta "Bavariya"ni mag‘lub etishni uddasidan chiqdi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-tur uchrashuvida kataloniyaliklar o‘z maydonida yirik ko‘rinishda g‘alaba qozondi(4:1). 1996 yildan beri "Barselona" va "Bavariya" o‘zaro 16 marta to‘qnash kelishgan. Kataloniyaliklar kechagi ajoyib g‘alabasi evaziga oradagi farqni bittaga qisqartirdi.

Tecno

"Blaugranalar"ning avvalgi ikki g‘alabasi ham Chempionlar ligasi doirasida qo‘lga kiritilgan edi. 2009-yil 1/4 finalda 4:0 va 2015-yil yarim finalda 3:0 hisoblari qayd etilgan. Eng qizig‘i, o‘sha yutuqlar qo‘lga kiritilgan har ikki mavsumda ham "Barselona” "shalpangquloq" turnirda g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!