
"Barselona" o‘z tarbiyalanuvchisini "Siti"dan qaytarib olmoqchi
“Manchester Siti” himoyachisi Erik Garsiya hamon “Barselona”ning diqqat markazida bo‘lib turibdi. Kataloniyaliklar tez orada 19 yoshli ispaniyalik futbolchining transferini muhokama qilish bo‘yicha “shaharliklar” bilan aloqaga chiqadi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “Siti” Garsiyaning transferidan 25 mln evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Garsiya asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum APLda 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadari imzolangan.
Fikrlar