"Barselona" o‘z safini Ispaniya terma jamoasi a’zosi bilan kuchaytirmoqchi

  • 19 oktabr, 2024, 14:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati jamoaning markaziy chizig‘ini Ispaniya terma jamoasi va “Vilyarreal” klubi  yarim himoyachisi Aleks Baena bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati futbolchining 60 million evrolik tovon pulini to‘lashi mumkin. Qayd etish lozimki, Aleks "Vilyarreal" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachining "sariq suv osti kemasi" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Baena “Vilyarreal” safida Ispaniya chempionatining joriy mavsumida sakkizta uchrashuvida ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!