"Barselona" Osiyoda 3 ta o‘yin o‘tkazadi

  • 16 iyun, 19:20
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi o‘rtoqlik bellashuvlari doirasida Osiyoga safar qiladi. Bu haqda "ko‘k-anorlilar"ning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Xans-Diter Flik shogirdlari Janubiy Koreya va Yaponiyada bir nechta uchrashuvlar o‘tkazadi. Kataloniya jamoasi "Vissel Kobe", "Seul" va "Tegu" klublariga qarshi o‘ynaydi.

Tecno



Uchrashuvlar 27 iyuldan 4 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlash joizki, "Barselona" 2019 yildan beri birinchi marta Osiyo turnesiga yo‘l olmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda "ko‘k-anorranglilar" La Ligada chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi, shuningdek, final bahsida "Real"ni mag‘lub etib, Ispaniya kubogiga ham ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!