"Barselona" Olmoni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan turib, La Liga o‘yini uchun tarkibga kiritdi

  • 24 avgust, 2024, 16:03
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hali La Liga ro‘yxatidan o‘tkazilmagan jamoaning yangi hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmoni bugun bo‘lib o‘tadigan "Atletik Bilbao"ga qarshi ikkinchi tur o‘yinida qaydnomaga kiritdi. Qaydnomada futbolchining tez orada ro‘yxatdan o‘tishi kutilayotgani alohida takidlab o‘tildi.

Tecno

Avvalroq OAVda Olmoni istalgan vaqtda ro‘yxatdan o‘tkazish mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni Kataloniya klubining ayrim tranzaksiyalariga bog‘liq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, "Evro-2024"da o‘z harakatlari bilan muxlislarni hayratda qoldirgan Dani Olmo 55 million evro evaziga "Blaugrana"ga qaytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!