
“Barselona”: Nozikkina Dembele o‘rnini bahaybat futbolchi egallaydi
Jarohatlarga moyilligi bilan ajralib turadigan Usmon Dembele baribir Kataloniyani tark etadigan bo‘ldi. “Barselona” uning o‘rniga o‘z tarbiyalanuvchisi Adama Traoreni taklif qilishni mo‘ljallayapti.
Ispaniya terma jamoasi vakili bo‘lgan Traore aslida “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Unga vaqtida etarli darajada e’tibor berilmagan. Jismonan baquvvat futbolchi “Vulverxempton”dagi o‘yinlari bilan muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozondi.
Traore Kataloniyadan uzoqda bo‘lsa-da, “Barselona”ning bir necha o‘yinchilari, jumladan Jordi Alba, Serji Buskets, Serji Roberto va Ferranom Torres bilan iliq munosabatlarni saqlab keladi.
Adama Traorega Angliya premer-ligasining o‘zidan ham bir necha klublar xaridor bo‘lmoqda.
Fikrlar