
"Barselona" Neymarning arzonroq variantini topdi
"Lion" klubi yarim himoyachisi Memfis Depay yangi mavsumni "Barselona"da boshlashi mumkin. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, kataloniyaliklar PSJdan Neymarni sotib ololmagan taqdirda, zahira nomzodi sifatida aynan 26 yoshli gollandiyalik futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘yishgan. O‘z navbatida “Lion” ham koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz sabab Depayni sotishga tayyor. Uning transferi esa 35 mln evroga baholanmoqda.
Depay joriy mavsum “Lion” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar