"Barselona" MYudan yosh iste’dodni sotib olmoqchi
"Barselona" klubi "Manchester Yunayted" U-18 jamoasi safida harakat qilib kelayotgan hujumchi Jey Gabrielga qiziqish bildirmoqda.
"Fichajes" nashri xabar berishicha, kataloniyaliklar Gabrielni o‘z safiga qo‘shib olishni o‘z oldiga ustuvor vazifa sifatida belgilab olgan. 14 yoshli futbolchi allaqachon Evropaning ko‘plab top klublarini ham e’tiborini tortgan.
Eslatib o‘tamiz, Jey MYuning 18 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilari orasida maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirgan. Forvard joriy mavsum 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol kiritdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar