"Barselona" muxlislariga xushxabar. Ikki super yulduz Kataloniya klubiga o‘tishni xohlayapti
Rafael Leau va Jonatan Devid "Barselona"ga o‘tishni xohlashmoqda.
"Milan" vingeri va "Lill" hujumchisi kataloniyaliklarga klubga qo‘shilish istagini bildirgan. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.
Shuningdek, "Barselona" har ikkala futbolchini, ayniqsa, potentsial yulduz sifatida ko‘rilayotgan portugaliyalikni ijobiy baholayotgani ta’kidlangan. Leau "Milan" bosh murabbiyi Paulo Fonseka bilan munosabatlarda qiyinchiliklarni tan oladi. Shu sababli u chempionlikni maqsad qilgan klubga o‘tishni istaydi. Bundan tashqari, portugaliyalik muhitni o‘zgartirish vaqti keldi deb hisoblamoqda.
Devidga esa Kataloniya klubida Leauga nisbatan bo‘lgani kabi yagona fikr yo‘q. Biroq, "Barselona" hujumchining gol urish qobiliyatini va uning statistikasini e’tiborga oladi.



Fikrlar