
"Barselona" muxlislariga xush xabar etkazdi
"Barselona" matbuot xizmati jamoaning o‘z uy stadioni "Kamp Nou"ga qaytayotganini ma’lum qildi.
Xabarlarga ko‘ra, yangilangan stadionning qisman ochilishi 10 avgust kuni amalga oshiriladi. Shu kuni "Barselona" an’anaviy Gamper sovrini uchun o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Tadbir tafsilotlari keyinroq e’lon qilinishi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" 2022 yilda "Kamp Nou"ni qayta qurish uchun yopgan edi. O‘shandan beri "ko‘k-anorranglilar" Monjuik tog‘idagi "Olimpiya stadioni"da o‘z o‘yinlarini o‘tkazib kelishmoqda.
Ispaniya La Ligasining o‘tgan mavsumi yakuniga ko‘ra, "Barselona" Madridning "Real" jamoasini to‘rt ochko ortda qoldirib, mamlakat chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar