"Barselona" muxlislari uchun zo‘r xushxabar!

  • 1 noyabr, 2021, 23:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning bir qancha etakchi futbolchilari jarohatidan forig‘ bo‘lgach, umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarni boshladi.

Tecno

Bugun urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo, gollandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong, frantsiyalik yarim himoyachi Usmon Dembele va ispaniyalik hujumchi Ansu Fati jamoaning qolgan a’zolari bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 2 noyabr kuni "Barselona" Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasida safarda Kievning "Dinamo" jamoasi bilan uchrashadi. O‘yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!